SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ilhom Farmonov tavallud topgan kun
1978-04-26

Ilhom Farmonov 1978-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida san'atkor Shomurod Farmonov oilasida tavallud topdi. U yoshligida uyiga ko'pgina otasining san'atkor do'stlari kelib ketgan vaqtlari qo'shiq aytishga juda ham qiziqishi uyg'onib qolgan. Bolaligida Chilonzor tumanidagi 84–maktabga boradi. Maktabni tugatgandan so'ng A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutining xalq musiqa fakultetiga o'qishga kiradi. Ilhom Farmonov ilk ijodini 1986-yil "Eh orzular", "Tinchlik bo'lsin" qo'shiqlari bilan boshladi. Xonandaning "Qora ko'z", "Senmuding", "Dilbari jonon", "Sevganim sevgan" va barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetgan desak ham adashmaymiz. Hozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shig'i 80dan ortiq kliplari va 10ta albomi o'z muhlislari yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qora ko'z", "Onajoning rozi qil", "Binafsha", "Sinchalak", "Gulim" kabi albomlari shular jumlasidandir. Ilhom Farmonov kino san'atida ham o'zini sinab ko'rgan. U 2003-yilda suratga olingan Lutfulla Sa'dullayevning "Munis onam" filmida bosh rolni, ya'ni Iqbol obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Xonanda bir qator mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 1989-yil "Kamolot" diplomanti bo'lgan, 1997-yilda O'zbekiston Vatanim mening ko'rik tanlovida birinchi o'rin sohibi, 2000-yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist nomiga sazovor bo'ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan