
Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) 28-aprelda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. Ayni damda O'zbekiston Davlat Konsertvatoriyasi Estrada fakultetining 2 bosqich talabasi hisbolanadi. Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzand Shahrizoda (Kaniza). Shahrizoda 1992-yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining 1-sinfiga o'qishga borib, 2001-yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan. 2001-yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o'qishga kirib, 2004-yilda modelyer-dizayner diplomini qo'lga kiritdi. O'qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006-yildan buyon yakkaxon tarzda o'z ijodini boshlagan. Bobosi - O'zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o'ziga tahallus qilib olgan. Kaniza - tojikcha ism bo'lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma'nosini anglatadi. 2007-yildan buyon O'zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang'ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2009-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari o'zini aktrisa sifati sinab, "Sehrli uzuk" musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.