SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
293031    
Finiksda bolalar gijjasiga qarshi kurashish kuni
0000-03-12

Bolalarni sog’lomlashtirish maqsadida 12 mart “Bolalar gijjasiga qarshi kuni” bayramini nishonlashadi. Ma’lumot uchun, gelmintozlar (yunchada helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va o‘simliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar hisoblanadi. Finiksda sanitar va veterinar xizmatlar o‘rtasida axborot almashishni tashkillashtiriladi, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalardan har yili tanlangan laboratoriya tashxislarini o‘tkazib, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda atrof-muhit va oziq-ovqatlar bo‘yicha sanitar tekishiruvlarni o‘tkazish rejalashtiriladi. Yiliga ikki marta butun mamlakatdagi maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda ommaviy degelmintizatsiya o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda sanitar-gigiyenik me’yorlarga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Amerika Qo’shma shtatlarining moliyaviy ko‘magi bilan aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Ushbu hujjat 9,348 milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari va 30 ming dollarlik Amerika qo’shma shtatlari mablag‘lari bilan moliyalashtiriladigan gelmintozlarni profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqladi. Reja tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, gelmintozlar bo‘yicha tashxis, profilaktika va davolash choralarini yaxshilash, shuningdek sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi tizimlarining kadrlar salohiyatini oshirishni ko‘zda tutadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan