SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Epidemiolog Leonid Isayev tavallud topgan kun
1868-08-16

Leonid Isayev Mixaylovich (1868.16.8, Peterburg gubernyasi — 1964.23.1. Samarqand) — parazitolog-epidemiolog, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1944). Peterburg Harbiy tibbiyot akademiyasini tugatgan (1912). Buxoro Xalq Respublikasida parazitar kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan ekspedisiya rahbari (1922—23), 1923 yildan umrining oxirigacha Tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot insituti direktori (insitut 1931 yilda Buxorodan Samarqandga ko'chirilgan, hozirda O'zbekiston Tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti deb ataladi. Shu institutga va u joylashgan ko'chaga L. M. Isayev nomi berilgan), SamTI tropik kasalliklar kafedrasi mudiri (1936—49). O'zbekistonda bezgak, leyshmanioz, rishta va boshqa parazitar kasalliklarga qarshi kurash va ularni yo'qotish ishida bevosita qatnashgan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan