SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Balet artisti Igor Kistanov tavallud topgan kun
1954-08-21

Kistanov Igor Timofeyevich (1954.21.8, Toshkent) — balet artisti. O'zbekiston xalq artisti (1998). Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini tugatgan (1974). 1974 yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ishlaydi. Sezar (“Antoniy va Kleopatra”) uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Raqs harakatlarida mazmun va badiiy ifodaga alohida e'tibor qilish, qo'l va tana harakatlarini to‘g'ri bajarishda raqs texnikasini erkin va oson egallash mahorati Kistanov ijodiga xos bo'lib, u spektakllarda, asosan, bosh rollarni ijro etadi. Eng yaxshi rollari: Qorabotir (“Tohir va Zuhra”), Bambur (“Afsonalar vodiysida”), Zigfrid (“Oqqush ko'li”), Viktor O‘xara (“Uzilgan qo'shiq”). Konrad (“Korsar”), Shoh Kir (“Tumaris”), Nurxonning akasi (“Tanavor”), Chingizxon (“Muhabbat va Qilich”) K Bazil (“Don Kixot”), Mirzo (“Sevgi tumori”), Abdurahmon (“Raymonda”), Tibalt (Romeo va Juletta). Xon Girey (“Boqchasaroy favvorasi”) va boshqalar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan