SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
San'atkor AbulqosimTo'ychiyev tavallud topgan kun
1921-07-10

Abulqosim To'ychiyev 1921 yil 10 iyulda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Gulbozor mahallasida Mulla To’ychi hofiz oilasida dunyoga keldi. San'atkor oilasida o'sib ulg'aygan Abulqosim o'rta maktabni tugatib, musiqa bilim yurtining xalq cholg'u asboblari bo'limida o'qidi. Bu yerda O'zbekiston xalq artisti usta Olim Komilov qo'lida tahsil oldi. Ustoz unga doyra chalish, qo'shiqlarga usul berish, baland, past avj pardalarida jo'r bo'lish sirlarini o'rgatdi. Zehni o'tkir Abulqosim aka 1936 yilda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik opera va balet teatriga ishga taklif etilib, ustozlari Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Mukarrama Turgunboyeva, Galiya Izmaylova, Boborahim Mirzayevlardan ijro mahorati, sahna harakatlarini qunt bilan o'rgandi. Ozoda Nazarova: — San'at sohasini tanlaganingiz uchun o'zingizdan xursand bo'lasizmi? Abulqosim Tuychiyev: — Albatta. Men otam To’ychi hofiz izidan borganim — ota o'g'il bo'lganimdan faxrlanaman. U kishi umrlarini ohirlarigacha shu radioda ishlab kelganlar. Ozoda Nazarova: — Yangi asrda ijod qilayotgan aktyorlar va artistlar haqida qanday fikrdasiz? Abulqosim To'ychiev — Yaxshi fikrdaman. Ayniqsa, maqom ijrochiligi. Necha marta yo'qolib, necha marta qoqilib, qancha narsalar bo‘lmadi. Endi, hozir Yunus Rajabiy qanchadan-qancha ajoyib ovozli xonandalar bilan maqom nolamizni tiriltirdi. Qolaversa, bu borada Abduhoshimning ham xizmatlari katta. Abduxoshim nolamiz bilan ikkalasini tiriltirganiga men aminman. Yana u kishining narsalarini olib kelib, yosh qizlarimiz avj qiladi. Ukalarimiz ham shunaqa avj qiladiki, u bu sohada ijod qilganlarning hammasini eslatib turadi. Xuddi, ular o'ylaganidek, ular boshqatdan tirilganidek, bunga sababchi maqom ansambli. Shunda ishlovchi kollektivlar. Qolgan ansambllarning ham hammasi yaxshi. Bularning yaxshiligida, qoyilmaqom qilib ijro qilishda ustozlarning ruhi yor bo'lganida, deb bilaman.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan