SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
San'atkor Dehqonboy Husanov tavallud topgan kun
1937-08-20

Dehqonboy Husanov Jizzaxning Ravonlik qishlog'ida 1937 yil 20 avgustda tug'ilib voyaga etgan. Dehqonboy akaning san'atga bo'lgan qiziqishini sezib qolgan akasi endilikda хalqimizning taniqli yozuvchisiga aylangan Oqiljon Husanov uni Toshkentdagi Hamza nomli musiqa bilim yurtiga o'qishga olib keldi. Bilim yurti tadbirlarida Dehqonboy Husanov shirali ovozi bilan qatnashib e'tibor qozondi. 1960 yili bilim yurtini a'lo darajada bitirgan Dehqonboy Husanovni O'zbekiston radiosi Doni Zokirov nomli xalq cholg'u orkestriga sozanda lavozimida ishga taklif qildilar. Dehqonboy Husanov sozandalik bilan bir qatorda ustozlari D. Zokirov, K. Jabborov, Yunus Rajabiy, F. Sodiqov, Saidjon Kalonovlardan ko'plab qo'shiqlar o'rganib muntazam foydalanish uchun radio fondiga magnit tasmalariga tushira boshladi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Xolisxon Qodirova, Malohat Dadaboyeva, Hadya Yusupovalar birga ijro etgan duetlar Dehqonboy Husanovga, ayniqsa, shuhrat keltirdi. Imomjon Ikromov, Yunus Rajabiy, Orifxon Xotamovlardan ijod sirlarini o'rgangan bo'lsa, O'zbekiston xalq artisti Ergash Yo'ldoshev unga ustozlik qildi va birgalikda yangi-yangi qo'shiqlar ijro etishdi. Ustoz Jo'raxon Sultonov qo'shiqlarini ijro etib, el orasida tanildi. 




Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan