SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
San'atkor Olimjon Orifjonov tavallud topgan kun
1946-08-24

Olimjon Orifjonov 1946 yil 24 avgustda Namangan shahrida tavallud topgan. Musiqa muallimi Mamasiddiq Azizov yosh Olimjondagi san'atga bo'lgan ishtiyoqni ko'rib, qo'shiqchilik alifbosini sidqidildan o‘rgatdi. 1960 yil Andijonda bo'lib o'tgan «Kuylang,yosh xonandalar» qo'shiq festivalida qatnashib, 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Ushbu tanlov Olimjon Orifjonov uchun katta san'at darvozasini ochib berdi. 1963 yili o‘rta maktabni a'lo baholarga tugatgan Olimjon Jizzax shahridagi Yunus Rajabiy nomli teatrga ishga boradi. 1985 yilda Toshkent Davlat Madaniyat institutiga o'qishga kiradi. Ustozlari Baxtiyor Sayfullayev, O'zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarovlardan san'at sirlarini o'rganadi. Ozoda Nazarova: — Bolalikdagi orzular beg'ubor bo'ladi, albatta. Olimjon aka, ana shu beg'ubor va ulkan orzuimga erishdim, deb o'ylaysizmi? Olimjon Orifjonov: — Inson hech qachon orzulariga to'liq erisha olmaydi. Bolaligimda radiodan Komiljon Otaniyozov qo‘shiqlarini lol bo'lib tinglardim. Ularga havas qilardim. Eng yaxshi ko'rgan qo‘shiqlarimni doim xirgoyi qilib yurardim. Namangan shahridagi markaziy istirohat bog'ida Faxriddin Umarov bir necha bor konsert bergan. Odam ko‘pligidan yoki chipta yo‘qligidanmi... Afsuski, biz bolalar eshikdan kira olmas edik. Keyin o'rtoqlarim bilan daraxtga chiqib konsert tomosha qilardik. Chin ko'ngildan ustozlarga havas qilganman, ulardek san'atkor bo'lishni orzu qilganman, Mana shu orzularimning qaysidir pog'onalarini zabt etdim, desam mubolag'a bo'lmaydi.

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan