SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Burgzonndegg Gulxan festivali bayrami
0000-03-13

Har yili 13 mart kuni Lyuksemburgda Bahor va yangi Quyosh tug'ilishini kutib olish uchun sanoqsiz gulxanlarni o'z ichiga olgan Burgzondegg nomli festival bayrami o'tkaziladi. Gulxan festivalining aynan uchinchi oyning 13 sanasida nishonlanishi bejiz emas. Chunki bu kun barcha shayton va jodugarlar uchun omadli kun hisoblanadi (ayniqsa sana payshanba kuniga to’g'ri kelsa), 13 soni o’n uch jodugarning an'anaviy yig'ilish timsoli bo'lsa, 3 esa ko'p xalqlarda sehrli kuchga ega muqaddas son hisoblanadi. Shu kuni Lyuksemburg yoshlari eng yaqin tepalikka chiqib, fasl almashishini nishonlash uchun katta gulxan yoqishadi. Bu gulxan Quyoshning Qish ustidan g'alaba qozongani timsoli hisoblanadi. Ushbu festival an'anaviyligi bo'yicha yagona saqlanib qolgan bayram hisoblanib, har yili bir marta o'tkaziladi. Lekin festivalning haqiqiy belgilari hamda an'analari to'liq saqlanib qolmagan. Hozirgi kunda bu kunning muqaddas olovi quyidagilar hisoblanadi: 1. Quyoshning Qish ustidan g'alaba qozongani timsoli - Buyuk postga bag'ishlangan gulxan. 2. Tabiat uyg'onishi timsoli - Pasxa gulxani 3. Yozgi quyosh turgunligini chaqiruv timsoli - muqaddas Jon gulxani 4. Qishni kuzatish timsoli - muqaddas Martin gulxani. Xohlaganingizni tanlang! Ilgarigi zamonlarda yoshlar katta gulxan yoqish uchun shahar bo'ylab kezib, o'tin yig'ishgan. Hatto gulxanni yoqishni boshlashga mo'ljallangan alohida marosim ham tashkillashtirilgan. Bu an'ana va odatlar mamlakat aholisini (qo'shni mamlakatlarda ham mavjud bo'lgan) kristianlikka chorlovchi manba sifatida hizmat qilgan va barcha cherkovlar tomonidan tan olingan. O'tgan asrlarda katta yoshlilar tomonidan gulxan yoqishga majburiyat sifatida qaralgan va o'smirlar uchun ko'ngilochar marosim hisoblangan. Hozirgi kunda bu an'ana ba'zi qadimiy assosiasiyalari tomonidan boyskautlar, musiqiy jamoa va o't o’chirish komandalari yordamida amalga oshiriladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan