
1908 yilda
Amerikalik injiner va sanoatchi Genri Ford Ford- deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab
chiqarishni boshladi. Bir o'tib, ya'ni 1909 yilda, Rossiyada 1- seriyali
avtomobil ishlab chiqarildi. O'sha paytlarda buning naqadar jadal
rivojlanish ekanini hech kim tahlil qilmagandi. Bir kunni avtomobilsiz
o'tkazish fikri 1989 yilda Fransiyada tug'ildi. O'shanda bu kunni bor yo'g'i 20
tacha shahar nishonladi. 2000 yilga kelib esa dunyoning 35 mamlakatida mingdan
ortiq shaharda nishonlanadigan bo'ldi. Bugungi kunda mamlakatlarning juda
ko'pchiligi faqatgina katta shaharlarda muammo bo'layotgani yo'q. Bu muammo
yarim asr mobayinida global darajagayetgan. Avtotransport nafaqat sayyoramiz
biosferasini, balki insonga ham ziyon yetkazadi. Har kuni avtomobildan 3000 dan
ortiq odam qurbon bo'lishi hisoblab chiqilgan. Statistika bo'yicha har minutda
yangi avtomobil ishlab chiqariladi. Shunday bo'lsada ishlab chiqarish tobora
o'sib bormoqda. Avtomobil “alkogol” va tabakadan so'ng eng ko'p reklama qilinadigan
mahsulotlar ichida uchinchi o'rinda turadi. Zamonaviy hayotimizda avtomobildan
butunlay voz kechish mumkin emasligini tushungan holda, shahar hokimlari va turli
tashkilotlar boshliqlari jamiyatga avtotransport keltirib chiqaradigan
muammolarni yilda bir bor bo'lsa ham eslatib o'tishadi. Bugungi kunda
Yevropaning yirik shaharlarida tramvay, trolleybus, avtobus, metro va boshqa
jamoat transportlari, jumladan velosiped va yayov yurish foydasiga avtomobildan
foydalanishni kamaytirishadi.