SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
242526272829
30      
Dengiz jonivorlari bayrami
0000-04-16

Avstraliya 16 aprel  kunida  “Dengiz jonvorlari bayrami nishonlanadi. Bu ekologik sana nafaqat  bizning sayyoramizdagi barcha ummonlar va dengizlarda yashovchi barcha turdagi jonivorlarni himoya qilish kuni hisoblanadi. Avstaliya va Okeaniya dunyoning 6 qit’asidan biri bo’lib, bu yerda materiklarning eng kichigi bo’lmish Avstraliya (Yer sharning janubiy qismida; maydoni 7631,5 ming. km2) joylashgan. Bu yerda, shuningdek, Yangi Zelandiya orollari, Papua-Yangi Gvineya va Okeaniyaning minnga yaqin orollari joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili Tinch okeani bilan, qolgan taraflari Hind akeani bilan o’ralgan. Bu kun 1976 yilda joriy qilindi. Shundan so‘ng Xalqaro komissiyasiyalar tomonidan dengiz jonivorlarni ovlash moratoriysi kuchga kirgan. Bu moratoriy hozirda ham faoliyat yuritmoqda va Avstraliya bo‘yicha baliqlar ovlash, hamda go‘shtini sotishni taqiqlab kelmoqda. Hozirgi kunda Baliqlarini ovlash faqat mahalliy aholi (aborigenlar)  ehtiyojini qondirish va ilmiy maqsadda Xalqaro komissiyasi a’zolari ruxsati bilan ovlash mumkin. Eng avvalo dengiz jonivorlar kuni bu – keng jamoatchilikni, xukumat a’zolari  va butun insoniyatni barcha suv jonzotlarining  himoyasiga e’tiborini tortishdir. Hozirgi kunda bizning sayyoramizda suv jonivorlarining 119 dona turi saqlanib qolindi. Baliq  va dengiz jonzotlarining shafqatsiz va jadal qirib tashlanishi  200 yildan beri davom etib kelishi natijasida ko‘plab turlarning yo‘qolib va kamayib ketishiga olib keldi. Vaholanki, ular – sayyoramimzdagi dengiz tarkibining tuzilishi bo‘yicha eng zo‘r indikatorlar hisoblanadi. Ular ekologik tizimning biologik aylanishini barqarorlashtirib turadilar. Shuning uchun bu jonivorlarning kamayib ketishi dengiz ekotizimining biologik maromining buzilishiga olib keladi. Axir har bir yo‘qolgan tur – bu qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir- hayvonot olamidagi barcha yo‘qotishlar – butkul yo‘qotiladi. Shunga qaramay, baliq ovlash moratoriysi ish yuritayotgan bo‘lsa ham, qaliqlarni ovlash qonun tomonidan ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina mamlakatlarda bu hayvonlarni qirib tashlash to‘xtama yapti. Aksariyat insonlar o‘z hayotlari davomida aqlsizlik qilib tabiatga ziyon yetkazib kelmoqda. Masalan, baliqchilik anjomlari  dengiz jonzotlariga katta yo‘qotishlar olib keladi hamda neft qazib olish orqali  neft mahsulotlari okeanlarni ifloslantirmoqda. Bunday holat sayyoramiz kelajagiga befarq bo‘lmagan  barcha odamlarning va dengiz jonzotlarining himoyachilarini qoniqtirmayapti. Dengiz jonzotlarinig himoyasi uchun bu muammoga keng jamoatchilikning e’tiborini  jalb qilish kerak. Ko‘pgina mamlakatlarda bu jonivorlarni yoqtiruvchilar uchun klublar va jamiyatlar, ularning hayotiga hech qanday xavf solmaydi dengiz qo‘riqxonalari tashkil qilingan. Har yili shu kuni tabiatni qo‘riqlash guruhlari, ekologik tashkilotlar va jamoatchilik tomonidan dengiz jonivorlarini himoya qilish maqsadida,  yo‘qolib ketish xavfi oldida turgan biron bir antiqa  jonivor turiga bag‘ishlangan turli aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan