SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Mashhur fransuz kompozitori Klod Ashil Debyussi tavallud topgan kun
1862-08-22

Mashhur fransuz kompozitori Klod Ashil Debyussi 1862-yil 22-avgust kuni Parij yaqinidagi Sen-Jermen-an-Le shahrida dunyoga keladi. Musiqiy imperessionizm asoschisi, dirijyor Debyussi 1872-1884-yillar Parij konservatoriyasida ta’lim olib yurgan paytlari Rim mukovotiga sazovor bo’ladi. 1885-1886-yillari Rimda, 1887-yildan Parijda yashaydi. Pianinochi va dirijyor sifatida bir nechta mamlakatlarda konsert bergan. Imperessionizm va Sharq musiqasi ta’sirida shakllangan uslubi musiqiy-tasviriy vositalarning yorqinligi va nafisligi, garmoniya va cholg’ulashtirish usullari yangiligi, kuylari nozik va go’zalligi bilan ajralib turadi. 1902-yil “Pelleas va Melizanda” (M. Meterlink dramasi asosida) operasi, 1912-yil “O’yinlar”. 1912-yil “Kamma”, 1913-yil “O’yinchoqlar qutisi” baletlari, simfonik orkestr uchun 1894-yil “Favnning tushdan keyingi dam olishga preludiya” (S. Mallarme asari asosida), 1899-yil “Noktyurnlar” turkumi, 1905-yil “Dengiz”, 1908-yil “Izberiya”syutasi, kantatalar, 50 dan ziyod romanslar, qator cholg’u (shu jumladan, fortepiano uchun mukammal turkum)asarlar muallifidir. Mashhur kompozitor 1918-yil 25-mart Parijda vafot etdi. 

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan