SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Turkmanistonda turkman gilami kuni
1992-05-30

Turkman gilami Kuni respublikada may oyining oxirigi yakshanbasida o‘tkaziladi. Bayram 1992 yildan  Davlat bayrami sifatida nishonlanadi va keyingi yillarda dunyodagi  yagona bo‘lgan Ashxaoboddagi turkman gilamlari muzeyida o‘tkaziladi. Maqollardan birida “Sharqda uy gilam solingan joydan boshlanadi” deyilgan. Bu maqolni xaqiqatligini Turkmanistonning tarixi tasdiqlab beradi. O‘tmishda turkmanlar ko‘chmanchi xalq bo‘lganlar. Har bir gilam mahsulotlari foydalilik jihatidan ahamiyatga ega bo‘lgan. Gilamlar uylarni isitish uchun xizmat qilgan, ba'zilari mebel va ko‘rpa-to‘shak vazifasini o‘tagan, ba'zilari esa buyumlarni tashish uchun ishlatilgan. Mahsus gilam xaltalari o‘tovlarning panjaralarini ustidan yopib qo‘yilgan. Ot va tuyalarning ustiga  gilamlar to‘shalgan, to‘y marosimlarini o‘tkazishda ularni o‘rnini hech narsa bosa olmagan. Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan san'at asarlarini polotnoga tushirish ko‘chmanchilikdan o‘troq bo‘lib yashashga o‘tgandan so‘ng to‘qila boshlandi. Sekin-sekin faqatgina issiq va qulay bo‘lgan gilamlargina emas, balki  chiroyli nozik did bilan bezatilgan gilamlar chiqarishga kirishildi. Hozirda turkman gilamlarini venetsiya shisha oynalari, bryussel ipak krujevalari,kuba sigaralari bilan taqqoslashadi. Bu esa namuna va kamolotga erishmoqlikdir. Gilam to‘qsh san'ati yuz yillar davomida nasldan naslga o‘tib kelgan. O‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lgan butun bir oila, xattoki qishloq, qabila ustalari bo‘lgan. Turkman gilamlarini ishlab chiqarishda asosiy e'tiborni ranglarlarni tayyorlash, xususan to‘q qizil rangni ishlatishga qaratilgan. Gilamning asosiga maxsus sherst  tanlangan. Buning uchun faqat saridjin zotidagi oq qo‘ylarning junidan foydalanishgan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan