SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Turkiyada “Kabob bayrami”
2001-04-13

Milliy matbuot markazida Turkiya Anqara poytaxtida 13 aprel  kuni o'tkaziladigan “Kabob bayrami” chempionatini uyushtirish masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi va ushbu kuni Kaboblar bayrami deb ham nishonlanadi. Bayramda Anqara oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Milliy pazandalik an'analariga qiziqish ortib borayotgan hozirgi sharoitda ularni asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiya Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 aprelda qabul qilingan “Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarining kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada muhim omillashmoqda. Anqara oshpazlar uyushmasi rahbari aytishicha, milliy pazandalik chempionatlarini tashkil etish bu boradagi ishlarning muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Shunday bayramlardan biri – “Kabob bayrami”da restoran va mehmonxona xo'jaligi vakillari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari va talabalar ishtirok etadi. Chempionat dasturiga muvofiq, unda har biri uch kishidan iborat 15 jamoa ishtirok etadi. Bahsning barcha qatnashchisiga restoran stendi, masalliq tayyorlash uchun manqal va stol joylashtirish mumkin bo'lgan maydon taqdim etiladi. Chempionat ishtirokchilari mahorati maxsus taklif etilgan Anqaralik usta oshpazlar hamda Shef-oshpazlar hamjamiyatlari jahon assosiasiyasi ekspertlari tomonidan baholanadi. G'oliblarga chempionatning diplom va medallari topshiriladi. Eng yaxshi reseptlar esa Anqara pazandalik san'atini butun dunyoga ommalashtirish maqsadida Turkiya oshpazlar uyushmasi tomonidan tayyorlanadigan “Kabob” kitobiga kiritiladi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan