SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Florensiyada Fudbol ishqibozlar bayrami
0000-03-25

Har yili Florensiyaning markaziy maydonlaridan biri -Santa Kroche futbol maydoniga aylanadi. 25 martda-San Djovani, Santa Mariya Novella, Santo Spirito va Santa Kroche shaharlarining rayonlarida Florensiya futboli bo’yicha eng yaxshi komanda huquqini olish uchun kurashadilar. O’yinning o’zi juda ajoyib manzarani namoyish qiladi. Futbol maydonidan boshlanadigan bo’lsa, maydon oddiy bo’lmasdan balki toshlar bilan terib chiqilgan. Atrofni o’rab turgan Renessan davridagi arxitektura ham zamonaviy sport tadbirini o’tkazish uchun moslashmagan. Yuzlab muxlislarni oldida o’yinchilar maydonga chiqqanda bunday manzara oddiy futbolgahech qanday aloqasi yo’qligi ko’rinadi. Oddiy futbolka, futbol sho’rtigi, butsi o’rniga o’yinchilar o’rta asrlar kamzuli, pantaloni va etiklarida maydonga chiqishadi. Ularning boshlarida 700 yil ilgari Florensiyada kiyilgan bahmal beretkalar bo’ladi. O’yinchilarning bunday ko’rinishlariga faqatgina matchni ochib boruvchi tushuntirish kiritadi. U har yili o’tkaziladigan tarixiy Florensiya futboli bo’yicha Chempionatni ochiq deb e'lon qiladi. Maydonda darboza ham, darbozabon ham bo’lmaydi. O’rtadan setka tutilgan bo’lib, unga raqib komandadan koptokni olib otish kerak. Bu futbolni Florensiyaliklar Uyg’onish davridan boshlab o’ynab kelishmoqda. O’yin g’oliblarini sigir bilan taqdirlashadi va undan maydonning o’zida an'anaviy florensiya bifshtekslari tayyorlanadi. Muxlislar ham g’olib o’yinchilar bilan hursandchilik qiladilar. Bu bayram tunning yarimigacha davom etadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan