SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Magellan flotiliyani ochiq dengizga olib chiqqan kun
1519-09-20

Biz Yer shari bo’ylab ilk aylanma dengiz sayohatini portugal sayyohi F.Magellan amalga oshirganligini 5-sinf geografiya darsligidan yaxshi bilamiz. 1519-yil 20-sentyabr kuni Magellan flotiliyani ochiq dengizga olib chiqadi. Janubiy Amerika qirg’oqlarini o’rganib chiqqan dengizchi Parana daryo bo’yida topishi lozim bo’lgan bo’g’ozni topolmadi. Sayohat qiyinchiliklarga to’la bo’ldi. Guruh ochlikdan, singa kasalidan va tez-tez yuz berib turadigan to’fonlardan azoblanar edi. Ofitserlar ortga qaytishni va orolga odatiy yo’l, ya’ni hind okeani orqali borishni talab qilib qo’zg’olon boshlayotgan edilar. Bu tartibsizlikni shavqatsiz bostirgan Magellan qishlardan so’ng izlanishlarni davom ettirdi. Flotiliyaning bir kemasi qoyaga to’qnashib nobud bo’lgan edi. Qolgan ikkitasi esa kuchli to’fondan qochishga urinib tor bo’g’ozga kirib qolib omon qoldi. Bo’g’oz xuddi daryoning irmog’i kabi ravon emas, suvi esa juda sho’r edi. Kemalarning biri sirli ravishda yo’qolib qolib, keyin guruh a’zolari kapitanga xiyonat qilib ortga, Ispaniyaga qaytib kelganlari ma’lum bo’ldi. Qolganlarni esa Janubiy okean bo’ylab uzoq dengiz sayohati kutayotgan edi. Butun sayohat davomida yaxshi ob-havo hukm surgani uchun dengizchilar okeanni Tinch okeani deb atashadi. Dunyo bo’ylab dengiz sayohatini amalga oshirgan Magellan Yer yuzida suvning miqdori quruqlikka nisbatan ko’proqligini, barcha okeanlar tutashuvi bir butun buyuk Dunyo hosil qilishini isbotladi.

Ma’lumot: Yer sayyorasi. “Davr nashriyoti” T.2013.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan