SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Parijda YUNESKO binolari kompleksi ochilgan kun
1958-11-03

Parijda Senaning chap qirg'og'ida 1958 yil 3 noyabrda YUNESKOning binolari kompleksi ochildi. Bino xalqaro arxitektorlar guruhining- amerikalik Marsel Bryoyer, italyan Pyera Nerva va fransuz Bernar Zerfyusslarning loyihasiga asosan Fontenua maydonida tiklandi, u maydonda xarbiy maktab ham joylashgan. Ansambl uchta binodan tashkil topgan: sekretariat, umumiy majlislar zali. Doimiy vakillar korpusi. Uch etajli sekretariat uchta korpusdan iborat, bir-biriga 120 gradus burchak ostida birlashtirilgan. Binoning 1068 derazadan iborat oynavand tomoni binoning ichki tomonlarini maksimal darajada yorug'lik bilan ta'minlaydi. Bino 72 ta beton tirgak bilan bo'lingan, ular orasidagi bo'sh joylardan vestibyullar va turli xizmat xonalari uchun foydalanilgan, majlislar zali 900 o'ringa mo'ljallangan. Bu kompleks Birlashgan millatlar tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat bo'limi uchun qurilgan. Loyihani Xalqaro maslahatchilar a'zolari, mashhur arxitektorlar Le Karbyuze, Valter Gropius va boshqalar tasdiqlaganlar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan