SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 23456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Shoir Salim Ashur tavallud topgan kun
1964-12-16

 Shoir Salim Ashur 1964 yil 16 dekabrda Tojikiston Respublikasining Qo‘rg‘ontepa viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida dehqon oilasida tug‘ildi. Uning ota-onasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ko‘chib o‘tadi hamda o‘smirlik yillari Qiziriq cho‘llarida kechadi. U 1982 yili shu yerdagi o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi va uni 1989 yilda tugatadi.Uning ilk she'rlari 6-sinfda o‘qiyotgan kezlarida tuman gazetasida bosiladi. Respublika matbuotida esa shoirning birinchi she'ri 1979 yili «Gulxan» jurnalida chop etilgan. Salim 1990-1994 yillari «Saodat» jurnalida, 1994-1996 yillari esa «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishlaydi. U o‘z ijodi bilan respubliika matbuotida muntazam qatnashib, she'rlari qator jamoa to‘plamlarida chop etiladi. 1994 yili shoirning «Yashil giyoh» va «Atirgul» kabi she'riy kitoblari nashr etiladi. Shuningdek. «Atalgan kunlar» (2004), «Sensiz» (2005), «Darz» (2005) to‘plamlari nashr etildi. U bir qator she'riy va nasriy tarjimalari bilan ham o‘quvchi e'tiborini qozongan. Hozir u «Turkiston» gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan