SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Sankt-Peterburgda kreyser “Avrora” doimiy manzilga qo'yilgan kun
1948-11-17

Birinchi darajali afsonaviy kreyser Qrim urushida (1853-1856) Petropavlovsk-Kamchatka himoyasida qatnashgan yelkanli harbiy kema “Avrora” sharofati bilan bu nomga ega bo'lgan. Kreyser Sankt-Peterburgda 1900 yilda suvga tushirilgan. 1903 yil Rossiya floti harbiy kemalari qatoriga qo'shilgan. Rus-yapon urushi (1904-1905) davridagi janglarda qatnashgan. Baltika dengiziga qaytib kreyser “Avrora” uzoq vaqt o'quv kemasi sifatida suzib yurdi. Dengiz korpusi gardemarinlari kemada amaliyot o'taganlar. Birinchi jahon urushi davrida kreyser Baltika dengizida jangovar harakatlarda faol qatnashadi. “Avrora” kreyseri matroslari Petrograddagi Oktyabr qurolli qo'zg'olonida qatnashdilar. 1917 yil 7 noyabrda “Avrora” qurolidan o'q otildi. Bu vaqtinchalik hukumat kengash qiladigan Qishki saroyga hujumga chaqiruvchi signal edi. Kreyser fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi hujumini qaytarishda ham qatnashgan. 1922-1924 yillarda ta'mirlanib ,qayta tiklangandan so'ng Baltika floti Dengiz kuchlari tarkibiga o'quv kemasi sifatida kiradi. Kreyserda 1940 yillarda Sankt-peterburg dengiz-harbiy maktabi kursantlari kema amaliyotini o'tadilar. Rossiya flotiga o'qimishli mutaxassisilar yetkazib berishda “Avrora”ning xizmatlari katta . G'alabaning 10 yilligida o'quv kemasi qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi. Ulug' Vatan urushi yillarida “Avrora” shaxsiy tarkibi va qurollari, Leningrad himoyasida qatnashdilar. Butun qamal davrida kreyser Oranienbaum portida bo'ldi va otishmalarni qaytarishga o'z hissasini qo'shdi. 1948 yil 17 noyabrda afsonaviy kreyser Sankt –Peterburgning Petrograd qirg'oqlariga kelib to'xtadi va 1956 yilgacha undan Naximov bilim yurti o'quv bazasi sifatida foydalanildi. Natijada kreyser Markaziy harbiy-dengiz muzeyi filialiga, muzey-kemaga aylandi. Hozirgi vaqtgacha shunday saqlanib kelinmoqda, bundan tashqari Rossiya Federatsiyasining madaniy merosi hisoblanadi. 1992 yil iyulda “Avrora”da yana Andreev harbiy-dengiz bayrog'i ko'tarildi. 2014 yil sentyabrda kreyser Kronshtadtga ta'mirlash ishlari uchun jo'natildi va ta'mirlash ishlarini tugatish 2016 yilga rejalashtirilgan. Shundan keyin u yana Petrograd qirg'oqlariga doimiy manzilga qaytariladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan