SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Ayub Shahobiddinov filmi Hindistondagi "Do'stlik" kinofestivalida namoyish etilgan kun
2014-11-21

Dehli shahrida Hindiston fuqarolik kinoforumi, Hindiston kinoklublari federatsiyasi va Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati tomonidan tashkil etiladigan an'anaviy «Do’stlik» kinofestivalining beshinchi anjumani o’z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida Dehlida akkreditatsiyadan o’tgan Hindistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar doiralari vakillari, diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari, kinomuxlislar va jurnalistlar ishtirok etdilar. Mazkur anjuman MDH mamlakatlarining elchixonalari ko’magida tashkil etildi. Festivalda «O’zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan, bir necha xalqaro mukofotlarga sazovor bo’lgan rejissyor Ayub Shahobiddinovning «Kechikkan hayot» filmi namoyish etildi. Turmushning inson oldiga qo’yadigan vazifalari, orzu va niyatlarning ushalishi yo’lidagi mehnat, hayotda to’g’ri yo’lni tashlashning muhimligi o’ziga xos, yangicha va qiziqarli tarzda, ajoyib obrazlar vositasida ifoda etilgan mazkur asar hindistonlik kino muxlislari va mutaxassislarda katta qiziqish uyg’otdi. Xususan, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati prezidenti Vimal Mehtaning fikr bildirishcha, “Kechikkan hayot” filmi O’zbekistonda ijod qilayotgan yosh rejissyor va aktyorlar, ularning mahoratlari, o’zbek kino maktabining bugungi darajasi va erishayotgan yutuqlari haqida atroflicha tasavvur beradi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan