SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Yaponiyada Xina Masuri bayrami
0000-03-11

11 mart kuni Yaponiyada Xina Masuri bayrami nishonlanadi, rus tilida Qiz bolalar yoki qo'g'irchoqlar Bayrami, yaponcha Dzyosi-no sekku(ilonni birinchi kuni Bayrami) yoki Momo-no sekku (Gullagan shaftoli bayrami). Qizlarga baxt va sog'lik tilagan ota-onalar, qarindoshlar va tanishlar an'anaviy udumlarni bajaradilar. Kichkina qizlar bor bo'lgan oilalarda shu kuni eshiklar oldida qo'g'irchoqlar qo'yiladi. Qoidaga ko'ra, qo'g'irchoqlar Xeyan davridagi (794-1192) saroy a'yon libosida bo'ladi. Qo'g'irchoqlar qizil fetr tushalgan javonga qo'yiladi. Qo'g'irchoqlarni katta-kichigini ahamiyati yo'q, ammo ikki qo'g'irchoq: ayol va erkak bo'lishi shart. Uchinchi oyning uchinchi kunida qo'g'irchoqlar qo'yish udumi Edo davrida (1603-1868) yovuz ruxlarni quvishning bir usuli bo'lib paydo bo'lgan. Bugungi kunda xam, Yaponiyaning ayrim joylarida, bayram yakunida qo'g'irchoqlar bilan birga omadsizlik va kasallik oqar suvda oqib ketishi maqsadida suvga tashlanadi. Ko'plab yapon oilalarda qo'g'irchoqlar fevral oyining o'rtalarida tashqariga chiqariladi va bayram o'tishi bilan oqizib tashlanadi, shunda qizlarni turmushga chiqishida muammolar bo'lmaydi. Avvaldan, bu diniy marosim bo'lgan bo'lsa, bugun o'tmishdan qolgan milliy marosim faqat bayram sifatida qabul qilinadi. Xina masuridagi qo'g'irchoqlar qog'ozdan emas, qimmatbaho kulolchilik san'at asariga teng, shoyi kimonaga kiyingan qo'g'irchoqlardir. Bu qo'g'irchoqlar uyda 1 oy mobaynida turadi va keyingi yil Qizlar bayramiga olib qo'yiladi. Qo'g'irchoqlarni farzand tug'ilganida sovg'a qilinadi. Ayrim oilalarda bunday qo'g'irchoqlar avloddan – avlodga o'tadi va ular narhlari qimmat bo'ladi. Demak, bu qo'g'irchoqlar o'ynash uchun mo'ljallanmagan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan