SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Xanami yapon sakura olchasi gullari bilan zavqlanish bayrami
0000-03-31

Yaponlar ongida Xanami-qish yakuni ifoda etadi. Sakura birinchi bo'lib Kyusyu orolida 31-mart oyining yakunidan gullashni boshlaydi. Janubdan Shimolga ko'tarilib, Sakura guli butun Yaponiyani qamrab oladi. Yapon televideniyasida ob-havo ma'lumoti qay vohada sakura gulladi, va qaerda gullamadi degan xabarlar bilan boshlanadi. Tokioga aprel boshida, Xokkaydo shimoliy oroliga may oyining o'rtalariga etib keladi. Gazetalarda xam sakura gullashi xaqida ma'lumotlar ketadi. Sakura gullashi bayramida yaponlar oilaviy, do'stlar orasida sayrga chiqib daraxtlar tagida gurunglashadilar, magnitofon bilan karaoke ijro etadilar. Bayram xursandchilik va shovqin bilan o'tadi. Xanami, sakura gullari bilan zavqlanish, udum sifatida qadimdan paydo bo'lgan, saroy aslzodalari daraxtzorlarda sakura gullashiga bag'ishlangan ashulla va she'rlar o'qishgan, raqs tushib, rasmlar chizganlar, mushoira kechalarini uyushtirganlar. Zamonaviy Xanami –bu gullagan daraxt tagidagi o'tkaziladigan yaqinlar davrasidagi sayr va do'stona uchrashuvlar. Yaponiyaning ko'plab dam olish maskanlarida, ochik osmon tagida manzarani yaqqol ko'rishga mo'ljallangan bog'larda xanami festivallari o'tkaziladi. Mana, Yaponiyada kutilgan lahzalar boshlandi: Xonsyu markaziy qismida sakura gulladi. Hademay gullash to'xtaydi, gullar uchib tushadi, faqat xotiralar qoladi... Kimki sakura guliga qarab to'ymagan bo'lsa, shimolga borishi mumkin: Xokkaydoda sakura may oyida, ayrim paytda yozda xam gullaydi. Yapon orollari eniga katta bo'lmasa-da, uzunasiga esa, tropik iqlimdan (Okitava) mo''tadil mintaqagacha cho'zilgan. Shuning uchun barcha mavsumiy o'zgarishlar ( “yomg'irlar mavsumi”, sakura gullashi, va boshqalar) janubdan shimolga qarab bir tekista, ohista siljiydi . Demak sakura gullashini butun mavsum davomida kuzatish mumkin. Sakura gullari pushtiga moyil oq rangli bo'ladi, daraxt gullaganda bir xam barg bo'lmaydi. Daraxt barg chiqara boshlasa, gullari to'kila boshlaydi. Yaponiyaning xar bir shaxrida sakura bog'lari mavjud, ularda yurganda go'zal oq momiqli ertak olamiga tushgandek bo'lasiz. Bu ertakda muloyim quyosh,engil, nozik shamol esadi va bahor nafasi bor. Gullar tushganda butun yer oq libosga burkanadi. Daraxtdan uchib tushayotgan gullarni kuzatsangiz, inson umri bilan taqqoslaysiz, xech bir narsa abadiy emas. Xanami bayrami-kunidan so'ng yana bahor kelishi, go'zallik va yoshlik timsolidir.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan