SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
O’zbek shoiri Ma’ruf Jalil tavallud topgan kun
1936-10-10

Ma’ruf Jalil 1936 yil 10 oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanidagi Payshanba shaharchasida tug’ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1966). “Men sizni sevardim”, “Rahmat, odamlar” (1970), “Seni o’ylab” (1973), “Notanish yo’llar” (1976), “Qo’shiq ishtiyoqi” (1979), “Men suv ichgan daryolar” (1981), “Parizodim” (1984), “Daryoni izlar shamol” (1987), “Baxtimga sen borsan” (1989) kabi she’riy kitoblari, “Bunyodkor qalb” (1984), “Orol madad so’raydi” (1987) ocherk va publitsistik to’plamlari chop etilgan.

                                                                              Umr

                                Kimlar bu ko’chadan o’tmagan?

                                Himmati daryodan ustunroq,

                                G’azabi vulqondan jo’shqinroq,

                                Yuragi osmonday kenglarmi?

                                Mardlikda Rustamga tenglarmi?

                                Yo maktab, yo paxsa uy qurib,

                                Yo o’ksik ko’nglini to’ldirib,

                                Har tongda bir hikmat kutganlar?

                                Yo aldab razil ish tutganlar?

Ma’lumot: XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2007.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan