Davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavallud topgan kun
1909-12-12

Shodlik va baxt
kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid
Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi
boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926)
O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari
1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur
ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk
she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar»
(1931), «O’lim yovga» (1932),
«Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi. Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini
tasvirlagan shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi
namunalarini yaratdi. Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni
yayov kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida
jahonga tanildi. Ana o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi
Tursun» bo‘lib gavdalandi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943)
Hamid Olimjon o‘zbek
adabiyotpning dolzarb masalalari bo‘yicha qator
ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi. Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N.
Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy,
A. Serafimovich, T. Shevchenko, M.
Lermontov, N. Ostrovskiy , A. Korneychuk
asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.O’zbek xalq og’zaki
ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon
tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher
Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’
shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hamid
Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston Yozuvchilari
uyushmasiga rahbarlik qildi. Hamid Olimjon o‘zining «Daryo
kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), «Baxt» (1940)
to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor»
(1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator
shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi. Ulug’
Vatan urushnning olovli yillarida
uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha
dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat» dramasi zamonaviy
mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir
qatorda «Jangchi Tursun», «Roksananing
ko‘z yoshlari» kabi qator balladalari ham yaratildi. Iste’dodli
shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar
tillariga tarjima qilingan. Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot
etgan. Uning nomi abadiylashtirilgan.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Qachon muvaffaqiyatga erishamiz 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Internet hamlasi: xavf va himoya Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Zohidjonova Sevaraxon Yusupova Zarina Yo’ldosheva Dildora Yangiboyeva Dildora Islom qizi