Atoqli shoir
Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Farg’ona shahrida temirchi ishchisi
oilasida tug’ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida
tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O’rta Osiyo davlat
universitetiga (1938) kirib o’qiydi. So’ng Andijon pedagogika institutida ,,O’zbek
adabiyoti“ kafedrasining mudiri bo’lib ishlaydi. Asqad Muxtorning
Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U Respublika
gazetalari taҳririyatlarida bo’lim mudiri,
mas'ul kotib, „Sharq yulduzi“ jurnalida bosh muҳarrir (1960-1965), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1957) bo’lib
ishladi. „Guliston“ jurnali va ,,O’zbekiston adabiyoti va san'ati“ haftaligiga
muҳarrirlik qildi. Asqad Muxtor
„Tilak“, „Tong edi“, „Totli damlar“ singari ilk she'rlari (1935- 1938)da
she'riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab
olishga intildi. U she'riyatga „Qalbga qanot“, „Dardga davo“ beruvchi deb qaradi.
Shoir ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan „Ғalaba ishonchi“, „Jangchining bayram kechasi“, „Tug’ishganlar qaytdi“,
„Sog’inish“ singari qator she'riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga
qarshi kurashga undadi. Vatan go’zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq ҳayotidagi katta o’zgarishlarni tasvirlovchi „Po’lat quyuvchi“
(1947), „Hamshaharlarim“ (1949), „Rahmat, meҳribonim“ (1954), „Chin yurakdan“ (1965) she'riy kitoblarini yozdi. Yozuvchining
„Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin
ko’chalari“ kabi qissalarida, „Opa-singillar“ (1955), „Tug’ilish“ (1963), „Davr
mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1973), „Amu“ kabi romanlarida
zamonamizning muҳim muammolari o’z
ifodasini topgan. „Chin yurakdan“ (1956) she'riy kitobi, „Hayotga chaqiriq“
(1956), „Dunyo bolalari“ (1962) hikoyalar to’plamlari o’zbek bolalar adabiyoti
xazinasini boyitdi. Asqad Muxtor
„Mardlik cho’qqisi“ (1948), „Yaxshilikka yaxshilik» (1949), „Samandar“ kabi
pyesalar ham yozgan. Sofokl, R. Tagor,
A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, V. V. Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko,
A. Blok, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o’zbek
kitobxonlarining ma'naviy mulkiga aylangan. Lirik shoir, taniqli
adib, moҳir tarjimon sifatida o’zbek
madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan Asqad Muxtor ,,O’zbekiston xalq
yozuvchisi“ unvoni va Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.