
2000 yil
27 martdan boshlab har yili Evropa tilshunos
bayrami nishonlanadi. Bundan maqsad tillarning rang – barangligi ,
ta'lim berishni va o'rgatishni rivojlantirishdir. Darhaqiqat hozirda kamida
bitta xorijiy tilni biluvchi odamlar kundan kunga oshib bormoqda. Chet tillarni
bilish qobiliyati anchadan buyon o'rganib kelinmoqda. Ba'zi insonlar o'z ona
tilini bilish qiyin bo'lsa , boshqalar esa bir nechta xorijiy tilni osongina
o'rganishadi. Bu mehnat samarasiligi yoki qobiliyatdir. XXI- asrda YUNESKO
tomonidan “Butun umr tillarni o'rganamiz” shiori qabul qilingan. Evropa institutlarida rasman ingliz ,bolgar, venger,
nemis, fransuz va boshqa tillarda ta'lim olib boriladi. Evropa ittifoqi
tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar barcha rasmiy tillarga tarjima
qilinadi . Har bir Evropa fuqarosi Evropa ittifoqi tashkilotlariga qilgan
murojatlariga javobni rasmiy tillarning birida olish huquqiga ega. Evropa
ittifoqidagi tillarning teng huquqliligiga qaramasdan, ko'pincha ingliz,
fransuz va nemis tillaridan foydalaniladi. Evropa tilshunos bayramida turli
konferensiya, seminarlar, ma'ruzalar va ta'lim muassalarida ochiq darslar,
konsertlar, ko'rgazmalar bo'lib o'tadi.