SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
“Titanik” topilmalari Germaniyadagi muzeyi ochilgan kun
2014-04-15

2014-yil Germaniyaning Shpayer shahridagi Pfalts tarixiy muzeyida “Asl buyumlar, chin hikoyalar” nomli muzey 15 aprelda ochildi, unda 100 yil avval cho‘kib ketgan afsonaviy “Titanik” paroxodiga tegishli 250 ta topilma namoyish etilmoqda. Eksponatlar orasidan ko‘zoynaklar, seyf eshiklari, umivalnik, halokatni aks ettiruvchi fotosuratlar joy oldi. Shuningdek tashrifchilar turli klassdagi kayutalar interyerlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi: birinchi klass kayutalari shoyi oboylar bilan qoplangan, ularning eng qimmati bugungi kunda 80 ming yevroga baholanadi. Uchinchi klass kabinalari esa oddiy oq bo‘yoq bilan bo‘yalib, ikki qavatli karavotlar bilan jihozlangan. “Titanik” layneri 1912-yil 15-aprelga o‘tar kechasi aysberg bilan to‘qnashib ketib halokatga uchragan, natijada 2,2 ming yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining 1,5 ming nafari nobud bo‘lgan. Halokatga uchraganlarga bag’ishlab ushbu muzey ochildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan