SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Aktrisa Tursunxon Jafarova tavallud topgan kun
1915-08-15

Tursunxon Jafarova Yo'ldoshevna (1915.15.8, Namangan  shahrida tavallud topgan — O'zbekiston xalq artisti (1952). 1931—40 yillarda Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941 yildan Muqimiy teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima (“Halima”), Layli (“Layli va Majnun”), Gulsara (“Gulsara”), (“Nurxon”), Oftobxon (“Oftobxon”), In Sen (“38-parallel janubrog'ida”), Risolat (“Toshbolta oshiq”), Nodira (“Nodira”). To'lg'onoy (“Momo yer”), Lutfi xola (“Ona qizim”), Zuhra, Mastura satang, (“Paranji sirlari”), Bibi (“Guli siyox”) va boshqa. Jafarova ijodi kuchli dramatizm, aniq sahna harakati, yorqin ifodaviylik, badiiy tugal talqini bilan qahramonlarining ma'nan boyligi, ayollik nazokati-yu, fikru mulohazasining teranligi, o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Jafarova bir qancha filmlarda ham suratga tushgan: Xola (“Uchrashuv”), ona (“O'n uch terak ko'chasi"), Buvi (Shashmaqom”, “Buvimni qaytaring”), Farmonbibi (“Kelinlar qo'zg'aloni”) va boshqa shular jumlasidan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan