SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
YUNESKO tashkil topgan kun
1945-11-16

YUNESKO (ing. Unesko, United Nations Educational, Scientifik and Cultural Organisation), Birlashgan millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti-xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi.Dalatlar o‘rtasida ma'orif, fan,  madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan tinchlikka va xalqaro xavsizlikka ko‘maklashish maqsadida 16 noyabr 1945 yilda tuzilgan. 188 mamlakat ( shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktyabrdan) a'zo (2004). YUNESKO Ustaviga ko‘ra, “... irqi, jinsiy tili va dinidan qat'iy nazar, barcha xalqlar uchun adolatga , qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga” ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti a'zo-mamlakatlar badallaridan tashkil topadi.  Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish, miliy madaniyatlarni o‘rganish va tarqatish, atrof-muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiyalar va boshqa sohalarda global ilmiy muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika-kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Tashkilotga a'zo mamlakatlarda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994 yil 29 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya YUNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2 yilda 1 marta uning sessiyalari o‘tkaziladi.YUNESKO O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etilgan.  YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali Ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik , Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan