SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Tarixda birinchi marta insonni havo sharida uchishi kuzatilgan kun
1783-11-21

Insonni havoga ko‘tarish fikri aka-uka Mongolfyalarga tegishli. Ular shu maqsadda uchish apparatini yasash g‘oyasini ilgari surdilar. Bunday apparatni ya'ni issiq havo bilan to‘ldirilgan havo shari boshqaruvchisiz  1783 yil 5 iyunda uchirildi. Ular tomonidan qurilgan yirik shar balandligi 22.7 m, diametri 15 m edi. Uning quyi qismiga ikki kishiga mo‘ljallangan aylana ayvon mahkamlanadi. Lekin Fransiya qiroli Lui XVI qurilma avtorlariga uchishda o‘zlari ishtirok etishlariga ruxsat bermadi. Va tarixda birinchi marta aka-uka Mongolfyalar tomonidan qurilgan havo sharida ximik Jan Fransua Pilatr de Rozye do‘sti markiz Fransua de Arlando bilan uchishga otlandilar. Issiq havo bilan to‘ldirilgan shar Parijning g‘arbida joylashgan shaharchadagi de la Myuet qal'asining bog‘idan 1783 yil 21 noyabrda havoga ko‘tarildi. Havoda suzuvchilar 915 m balandlikka ko‘tarildilar va 25 minutda 9 km masofani bosib o‘tdilar, keyin esa Fontenblo yo‘li yaqinidagi ochiq maydonga muvaffaqiyatli qo‘ndilar. Uchish o‘ziga yarasha ajoyib voqyea edi, bundan tashqari ximiklarni ilgari surayotgan nazariyalarini to‘g‘ri ekanligini isboti sifatida ham katta ahamiyatga ega edi. Havo sharini boshqaruvchisiz va boshqaruvchi bilan uchishi to‘rtta taniqli ximiklar-Djozef Blek, Genri Kavendish, Djozef Pristli va Antuan Lavuazyelar bilan chambarchas bog‘liq. Keyingi yillarda Yevropada havo sharida ko‘plab uchishlar amalga oshirildi. Insoniyat shunday qilib uchishga o‘rgandi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan