SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Fizik olim Anders Selsiy tavallud topgan kun
1701-11-27

Anders Selsiy 1701 yil 27 noyabrda Shvetsiyaning Upsal shahrida professorlar oilasida tug‘ilgan. Upsal universitetini tugatib, o‘sha yerda umrining oxirigacha professorlik lavozimi bilan ishlashga qoldi. 1716 yil Shimol yog‘dusini o‘rganishni boshlaydi va 1733 yil o‘zining kuzatish natijalarini nashr qildiradi. Qaydlarida u kompasning og‘ishi asosida Shimol yog‘dusini tezligi magni tmaydoni tebranishiga bog‘liq ekanligini isbotladi. O‘sha yil olim Nyutonning yerni ellipsoid shaklida ekanligi haqidagi gipotezasini tekshirib ko‘rish va tasdiqlash uchun ekvatorga ekspeditsiyaga jo‘nadi. 1736 yil esa meridianni o‘lchash uchun Laplandiyaga jo‘nab ketadi. Selsiy qaytib kelgandan so‘ng universitetda observatoriya tashkil qiladi va o‘zi boshqaradi.U yerda yulduzlarning nurlarini o‘zgarishini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Selsiyning eng taniqli yutug‘i-bu termometr shkalasini yaratganligidir. Termometr shshkalasi 100 gradusga bo‘lingan. BoshidaTselsiy qaynash temperaturasini 00, muzlash temperaturasini 1000 deb ko‘rsatgan. Keyin boshqa shved biologi Linney buni hozir biz biladiganday o‘zgartirdi. Anders Selsiy 1744 yil 25 aprelda Upsalda vafot etdi. Olim sharafiga kam uchraydigan mineral uning nomi bilan atala boshlandi “selzian”. Bu mineral shvetsiya, Yaponiya, Ukrainada uchraydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan