SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4578910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Yaponiyada ko'kalamzor bayrami
1988-04-29

1988 yil 29 aprelgacha Xiroxito imperatori tavallud kuni deb nishonlangan. Vafotidan so'ng bayram Ko'kalamzor bayrami deb nomlangan va nishonlangan. Shu bilan birgalikda yangi bayram, 23 dekabr -yashab turgan imperator Akixito tavallud kuni, ta'sis etildi. Ma'lumki, Yaponiyada ta'til kunlar nihoyatda qisqa, yirik korporasiyalarda ham 10-12 kundan iborat. Bunda yaponliklarni jamoatdan ko'p vaqtga ayrilmaslik ifoda etilgan. Ularning ta'tili bir yil mobaynida uchta qisqa ta'tilga bo'lingan bo'lib, bir vaqtda o'tkaziladi. Eng katta umumiy ta'til - “oltin xaftalik” deb ataladi va 29 apreldan- 5 mayga qadar o'tadi.Bu xafta ichiga 4 davlat bayramlari kiritilgan: 29 aprel-Ko'kalamzor bayrami (1989 yilgacha Xiroxito imperatori tavallud kuni deb nishonlangan); 3 may -Konstitusiya kuni (1948 yildan beri amaldagi Konstitusiya marosimi – 3 may 1947 yildan kuchga kirgan sanasi); 4 may- Dam olish kuni (“Oltin xaftalik” to'liq bo'lishi uchun 1988 yildan ta'sis etilgan); 5 may- Bolalar kuni ( 1948 yildan ta'sis etilgan, ilgari, Iris gullari bayrami deb nishonlangan). Bu xafta ichida mamlakat hayotida ishlar to'xtaydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan