
Beruniy ko'chasining Matlubot ko'chasi bilan kesishgan joyda. Me'morlari:
Ya. Mansurov, S.Kozimov; muhandis A.Zokirov. 1991 yil 30 aprelda ishga
tushirilgan. Bekatning me'moriy va haqiqiy echimida temir-beton yig'ma
konstruksiyalar va ustunlardan foydalanilgan. Vestibyullardan biri birinchi bor
o'ziga xos konstruktiv va hajmiy echim orqali (yer osti o'tish yo'lagi va
vestibyul yaxlit hajmda olinib, bir-biridan vitraj-yorug'likni o'tkazuvchi
namoyon tarzidagi to'siq bilan ajratilgan) bajarilgan. Me'moriy-badiiy
g'oyalarning echimi bekat nomi (“Tinchlik”)da o'z aksini topgan, platformaning
yo'l yoni devorlaridagi ranglar uyg'unlashtirilgan orombaxsh hayot mavzusiga
bag'ishlangan. Ustunlar yuqoriga kengaya boradi. Ular Nurota marmari bilan
bezatilib, yuqorisiga mayin yorug'lik taratuvchi elektr yoritqich o'rnatilgan. Umuman,
bekatning ichki qismida vitraj, girixsimon bezaklar, badiiy sopoldan ishlangan
bo'rtma tasvirlar hamda G'ozg'on, Nurota marmarlari bilan o'ziga xos me'moriy
badiiy ko'rinish barpo etilgan.