SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2018
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617182021
22232425262728
2930     
Yerevаnda “Kitob sotib olish va kitob sovg‘a qilish” bayrami
2007-04-16

Birinchi kitob arman tilidagi  “Uzbatagirk” 1512 yilda Venesiyada nashr qilingan. Yerevаnda Yozuvchilar uyushmasining qarori asosida 16 aprel kuni Yerevаnda “Kitob sotib olish va kitob sovg‘a qilish” bayrami nishonlanadi. Bu an’ananing  tiklanishi haqida 2007 yilda e’lon qilinib, uning tashabbuschisi Yerevаn  xukumati bo‘ldi. Aynan  shu sananing tanlanishining sababi, 1869 yilning 16 aprel kuni - buyuk arman shoiri va yozuvchisi, yirik jamoat arbobi Ovanes Tadevosovich Tumanyan tug‘ilgan. U yoshlikdan boshlab ijod qilgan, 1880 yilning o‘rtalarida ko‘pgina arman gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilgan. Tumanyan  unchalik katta bo‘lmagan, lekin turli - tuman badiiy meros qoldirgan, unda nasr va she’riyat, ertak va matal, lirika va ballada uyg‘unlikda qo‘shilgan. Xalq eposi uning ijodining eng cho‘qqisi hisoblanadi. Eng mashhur asarlaridan: “David Sasunskiy”(1902) ajoyib qahramonlik eposining qayta ishlanishi, bir qator xalq ertaklari, afsona va balladalar, shulardan “Qo‘rqmas Nazar”,  “Xo‘jayin va ishchi”, “Axtamar”, “Kakku”, “It va mushuk”, hamda xalq hayotidan olingan  poemalar "Sako loriylik” (1889),”Maro”(1887),“Anush” (1901-1902). Axir yaqin paytlargacha kitob eng kutilgan sovg‘alarning biri bo‘lgan... Hozirda respublikada bayram munosabati bilan kitobga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Yerevanda hozirgi kunda avvalgi an’analarni tiklab, kelajak avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini qaytarmoqchilar. Respublika bo‘ylab ommaviy o‘qishlar, ma’naviy- madaniy aksiyalar,arman yozuvchilari bilan kitobxonlar uchrashuvlari o‘tkaziladi va albatta, bu kuni har bir inson o‘zining yaqinlariga ajoyib kitob sotib olib,kitobni sovg‘a hadya etishlari mumkin. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan