SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Londondagi Trafalgar maydonida ulkan ko‘k xo‘roz haykali o'rnatilgan kun
2013-03-19

Londondagi Trafalgar maydonining to‘rtinchi postamentida yorqin ko‘k rangli ulkan xo‘roz ko‘rinishidagi haykal 2013 yilning 19 martda rasmiy ravishda ochildi. Haykal muallifi nemis haykaltaroshi Katarina Frichdir. Uning ushbu ijod mahsuli Londonda “o‘ziga xos uy xo‘rozi” deya ta’riflandi. Ochilish marosimiga minglab tomoshabinlar qatorida London meri Boris Jonson va muallifning o‘zi ham kelishdi. Taqdimotda oddiygina “Xo‘roz” deb nomlangan bu haykalga “yangilanish va kuch-qudrat ramzi” deya izoh berildi. Parranda-haykal  balandligi 4,72 metr. Bundan avval aynan shu joyda 4,1 metr balandlikdagi arg‘imchoq otda o‘tirgan bolaning bronza haykali bor edi. Nelson sharafiga o‘rnatilgan haykaldan tashqari, Trafalgar maydonida 4 ta postament mavjud. Ularning uchtasida klassik haykallar: Georg IV va ikki sarkarda — general Charlz Napyer hamda Genri Xeyvlok haykallari qad ko‘tarib turibdi. To‘rtinchi postament esa 1841-yildayoq qo‘yilgan, lekin, mablag‘ yetishmovchiligi tufayli qariyb 150 yil mobaynida bo‘sh turgan. 1999-yildan buyon unga bir-birini almashtirgan holda zamonaviy haykaltaroshlarning ishlari joylashtirib borilgan. Fransiyaning an’anaviy ramzi hisoblangan xo‘roz  London markaziy maydonida paydo bo‘ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan