
Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent Xalqaro vestminster universiteti (Istiqbol
ko'chasi.,12) – 2002 yil 16 yanvarda tashkil etilgan. Biznesni boshqarish, iqtisodiyot,
biznesda axborot texnologiyalari, xuquq yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar,
xalqaro biznes va menejment yo'nalishi bo'yicha magistrlar tayyorlaydi. O'quv
jarayoni ingliz tilida bo'lib, unga mahalliy va chet ellik o'qituvchilar jalb
etilgan. Talabalar bilimi o'qish jarayonidagi bosqichma-bosqich imtihon, test,
yozma ishlar va seminar mashg'ulotlaridagi taqdimotlar orqali baholanadi.
Mashg'ulotlar interfaol shaklda o'tkaziladi. O'quv materiali suhbat va
muhokama, guruh va individual taqdim qilish orqali o'zlashtiriladi.
Universitetda 5 kompyuter sinfi, kutubxona (15 ming
asar) bor. Universitetga kirgan talabalar ayni vaqtda Londondagi Vestminster
universitetining talabalari sifatida tan olinadi va uning tasdiqlangan
dasturlari asosida ta'lim oladi. O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar
mazkur Britaniya oliy o'quv yurtining bakalavr va magistr darajasidagi
diplomini qo'lga kiritadi. 2008/09 o'quv yili universitetda 730 talaba tahsil
oldi. 48 o'qituvchi, jumladan, 1fan doktori va 6fan nomzodi ishladi.
Universitet tashkil etilgandan beri 406 malakali mutaxassis tayyorlandi.
Universitet binosi me'morchiligi uslubida klassik an'analariga rioya qilib
qurilgan (1912-16; me'mor G.A.Svarichevskiy). Bu binoda dastlab, 2-ayollar
gimnaziyasi, keyinchalik O'rta Osiyo universiteti (hozirgi O'zbekiston milliy
universiteti) kutubxonasi, aviatsiya texnikumi joylashgan.
Toshkent ensiklopediyasi.T.,2009.