SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Jondor tumanida sarkarda Mahmud Torobiyga haykal o’rnatildi
1996-09-11

1996 yil 11 sentyabr – Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab o’tgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal o’rnatildi. Mahmud torobiy (?, Buxoroning Torob qishlog’i —1238) — Buxoroda mo’g’ullar zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon (1238) rahbari. Hunarmand oilasida tug’ilgan. G’alvirchilik bilan shug’ullangan, ayni paytda tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, tasavvuf g’oyalari bilan tanish shaxs bo’lgan. Buxoroda mo’g’ullarga qarshi boshlangan qo’zg’olonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi bilan rahbarlik qilgan. Buxoro atrofida mo’g’ullarga qarshi bo’lgan jangda halok bo’lgan. Qabri ustiga 13-asrda qurilgan daxma vatanimiz mustaqillikka erishgach, qayta ta’mirlandi. Mahmud Torobiy haqida Oybek "Mahmud Torobiy" (1944) opera librettosi va dostonini, Asad Dilmurod "Mahmud Torobiy" (1998) tarixiy romanini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida Mahmud Torobiyning haykali o’rnatilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan