SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Shomatov Nasriddin tavallud topgan kun
1915-09-22

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Shomatov Nasriddin tavallud topgan kun.

Shomatov Nasriddin Mirahmedovich (1915.22.9, Toshkent viloyati Piskent qishlog’i — 1987.3.10, Toshkent) — travmatolog-ortoped, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari doktori (1959), professor (1960). ToshTI pediatriya fakultetini tugatgach (1938), Respublika suyak sili bolalar sanatoriysida vrach, bo’lim mudiri (1938—39). O’zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutida vrach-ordinator (1946), ortopediya bo’limida kichik xodim (1947), institut direktori (1948—52; 1966—81), bolalar ortopediya bo’limi mudiri (1953—56). Moskvadagi 2-tibbiyot institutida doktorant (1956-59), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiya-ortopediya kafedrasi mudiri (1960-75). Ilmiy ishlari kesilgan oyoq faoliyatini tiklash, maymoqlik, umurtqa pog’onasining qiyshayishi, bolalarda yonbosh suyagining tug’ma chiqishi, qiyshiq bo’yin va boshqalarni aniqlash va davolash usullariga oid.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan