O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan san’at arbobi Sobir Boboyev tavallud topgan kun
1920-12-30

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan san’at
arbobi, atoqli kompozitor Sobir Boboyev ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan
respublikamiz zamonaviy musiqa madaniyatiga katta hissa qo'shgan. U yorqin
asarlari bilan M.Ashrafiy, M.Burxonov, M.Leviev, kabi kompozitorlar safiga
qo'shildi. Boboyevning opera,musiqali drama va komediyalari, simfonik,
vokal-simfonik va xor asarlari, o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun asarlari,
qo'shiq, va romanlari ma’naviy mulkimizga aylandi. Sobir Boboyev 1920 yil 30 dekabrdaToshkentda Muxammad Vosil Boboyev oilasida
tug'ildi. Onasi Xamida Boboyeva (Hakimxo'jayeva)uy bekasi bo'lgan: 1931 yili turmush
o’rtog’I vafot etgandan so'ng 4 nafar
o'g'il bilan qoladi. Moddiy qiyinchiliklar sababli Sobir va ukasi Nosirni
bolalar uyiga joylashtiradi. U yerda Sobir xavaskorlik to'garagiga qatnashib,
dutor va tanburda chalishni N.Yo'ldoshyevdan o'zlashtira boshladi. 7-sinfni
bitirgach, Toshkent industrial texnikumida, keyin pedagogika institutining
tayyorlov kursiga o'tdi. O'qishni bitirgach, 1941-42 yillarda Toshkent viloyati
umumta'lim maktablarida fizika va matematikadan dars berdi va pedagogika
institutida o'qishini davom ettirdi. Talabalik yillari S.Boboyev O'zbekiston
radiosining xorida xonanda, bosh xormeyster yordamchisi,1947-49 yillarda
O'zbekiston filarmoniyasining ashula va raqs ansamblida badiiy raxbar bo'lib ishladi. Boboyev 1958-59 yillarda O'zbekiston
xor jamiyati xay’at raisi, 1960-65 yillarda O'zbekiston uyushmasi raisi,
1966-69 yillarda Samarqand opera va balet teatri direktori va badiiy raxbari,
1982-85 yillarda O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi vazifalarida
ishladi.S.Boboyev ijodiy faoliyatida doimiy ravishda qo'shiq,romans, jo'rli va
jo'rsiz xor qo'shiqlar yaratib kelmoqda. Sobir Boboyev yorqin, Ko'p qirrali va
serunum ijodi bilan O'zbekiston musiqa madaniyatining rivojlanishiga qo'shgan
xizmatlari 1998 yili «El-yurt xurmati» ordeni, «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan
san’at arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. O'zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan? Yer nimadan tarkib topgan?