SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Gollandiyaning Vogelenzang shahrida golland lolalari bog'i ochilgan kun
0000-03-22

Gollandiyaning Vogelenzang shahrida 20 mart kunidan golland lolalari bog'i ochiladi. Ikki oy mobaynida ochiq osmon va pavilonlarida lolalarning mingdan ortiq turlari namoyish etiladi. Lolalar muzeyi ham tashkil qilingan, ularni parvarishlash va ko'paytirish sirlari o'rgatiladi. Park maydonida bir necha do'konlardan esa lola piyozlarini harid qilish mumkin. Lolalar saltanatini tomoshasidan so'ng, Gollandiyadan ketmasdan, Keykenxofdagi bahor bog'ini ham sayr qilish mumkin. Bu bog' 22 martdan may oyini ohirigacha ochiq bo'ladi. Ushbu oylarda Keykenxof bog'i –dunyo bo'yicha eng ko'p qatnovli joy hisoblanadi. Bog' bir necha maydonchalarga bo'lingan. “Tabiat bog'i”da floristlar dunyodagi barcha gullarni yeg'ishgan. “Musiqiy bog'” va “Tariхiy bog'”lar o'rta asr bog'lari uslubida barpo etilgan. “Yapon bog'i” esa ming orol Mamlakatidan bir shingil. Har yili Keykenxof bog'bonlari bir mavzu tanlab, bezatuvchilar uchun asosiy bo'ladi. Bu yil shved botanik-olimi, klassifikasiya asoschisi Karl Linney tavalludining 300 yilligiga bag'ishlangan va shved floristlariga bog'ning katta qismi ajratilgan. Bolalar uchun bu yili Astrid Lindgren asarlaridan spektakllar va konkurslar tashkillashtiriladi. Kichkintoylar Malish va Karlson, Rasmus kiyimlarini kiyib, postanovkalarda qatnashadilar, tomosha so'ngida floristlar yordamida bahor gullaridan katta, 16ga11metrli Peppi Dlinniy chulok portreti tuziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan