SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Butunjahon yovvoyi tabiat kuni
0000-03-03

Ta'sis etilgan Butunjahon yovvoyi tabiat kuni insonlar diqqatini yovvoyi fauna (xayvonlar) va flora(o'simliklar)ga e'tibor qaratishga imkon beradi. Bu kun bizga yovvoyi tabiatni muhofaza qilish zaruriyati, unga nisbatan sodir etilgan jinoyatga qarshi kurash olib borish, yetkazilgan zararning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqida eslatadi. Davlat rahbarlari, bosh vazir va vazirlar atrof muhitni muhofaza qilish va sayyoramizni asrashga va'da beradilar. Atrof muhitni asrash masalalari bilan alohida davlat muassasalari shug'ullanishadi. Bu kunda atrof muhitmuhofazasi bo'yicha ko'plab xalqaro konvensiyalar imzolanadi. Yovvoyi tabiatni amaliy qadri insonlarning ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ta'lim, madaniy va estetik, farovon turmush tarzi rivojlanishi bilan bog'liq. Shu bois, barcha davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlarga barcha insoniy jamiat va shaxslarga yovvoyi tabiat festivalida ishtirok etish tavsiya qilinadi. Yo'qolib ketish xavf-hatari bo'lgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi xaqidagi Konvensiyaning kotibiyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Xalqaro yovvoyi tabiat kunini o'tkazilishiga ko'maklashadi. 2013 yil 20 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68 sessiyasi qarori bilan, yovvoyi fauna va flora masalalari bo'yicha habardorlikni oshirish maqsadida, 3 mart Xalqaro yovvoyi tabiat kuni deb e'lon qildi. Bu sana 1973 yil qabul qilingan Yovvoyi fauna va flora turlarini xalqaro savdosi haqidagi Konvensiyasi (SITES) kuni bilan to'g'ri keladi, o'z navbatida, yo'qolib ketayotgan turlarni xalqaro savdosini tartibga solishda katta ahamiyatga ega. 2013 yil 3-14 mart kunlari Bangkokda o'tkazilgan SITES tomonlari Konferensiyasining 16 sessiyasida ham 3 mart - Xalqaro yovvoyi tabiat kuni deb e'lon etishni tavsiya qildi. SITES qarorining homiysi bo'lib, ushbu Konferensiyani o'tkazgan, Tailand qirolligi chiqdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan