SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Jug'rofiya fanidan rus tilida birinchi bosma kitob chop etilgan kun
1710-03-10

Jug'rofiya eng qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. Mustaqil ilmiy fan sifatida miloddan avval paydo bo'lgan. Eramizning I asrida mashhur geograf Klavdiy Ptolomey amalda orttirilgan bilimlarni umumlashtirdi. G'arbiy jug'rofiy an'analar taraqqiyoti Uyg'onish davri, Gerxard Merkator ismi bilan bog'liq geografik xaritalar, ularni tuzishdagi ulkan yutuqlar paytiga to'g'ri keladi. Ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlar davrida, Afrika, Osiyoning bir qismi, Janubiy va Shimoliy Amerika, Avstraliya ixtiro qilinganda va kartografiya rivojlangan davrda geografiya fani katta shuhrat qozondi, 1710 yil 10 mart kuni geografiya fanidan rus tilida birinchi - «Geografiya ili kratkoe zemnogo mira opisanie» bosma kitob dunyo yuzini ko'radi. Kitob 10x15 sm.formatda, 106 bet hajmda, 21 jadvaldan iborat bo'lgan. Unda uzunlik va kenglik gradusi, Yevropa yerlaridagi tabiiy boyliklari, siyosiy tuzilishlar, Osiyoning ayrim mamlakatlari va xalqlari, Afrika, Amerika, Avstraliya haqida ma'lumotlar berilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan