SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Butunjahon uyqu kuni bayrami
2008-03-14

Ilk bora Butunjahon uyqu kuni bayrami (World Sleep Day) 2008 yili nishonlangan, shundan beri har yili tush va salomatlik muammolari bo'yicha Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti loyihasi bo'yicha uyqu kuni o'tkaziladi. Uyqu – kunduzgi uyg'oqlikdan hech qolishmaydigan, organizm mavjudligidan dalolat beruvchi bir xolatdir. Kechasi tinch uxlansa, kunduzgi faoliyati vaqtida ketkazilgan kuchlar tiklanadi, organizm toliqmaydi, Aynan shuning uchun ertalab turgan sog'lom odam o'zini tetik va bardam xis qiladi. Butunjahon uyqu kuni bayramida uyqu muammolari, inson sog'ligiga va jamiyatga ta'sir beruvchi omillar haqida anjumanlar, konferensiyalar uyushtiriladi, ijtimoiy reklama faollashadi. To'g'ri ovqatlanish, ish kunini to'g'ri tashkillashtirish, uyqu uchun etarli vaqt ajratilishi -ko'p yillarga jismoniy va psixologik salomatlikni saqlash uchun zarur shartdir. Uyqu - odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning, chunonchi, markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati tiklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi. Uyqu har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir. Inson butun hayotining uchdan biri har kecha-kunduzda davriy kuzatiladigan uyqu holatida o'tadi. Uyqu vaktida muskullar susayadi (uyqudagi odamning ko'p muskullari bo'shashgan bo'ladi), sezuvchanlikning barcha turlari — ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid sezish, teri sezuvchangi keskin susayadi. Shartsiz va shartli reflekslar tormozlanadi. Qattiq uyquda nafas uyg'oqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, to'qimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, gavda temperaturasi past bo'ladi. Bularning barchasi uyqu holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va to'qimalar hayot faoliyatini ta'minlovchi hamma ichki a'zolarning ham «dam» olishidan dalolat beradi. Ammo uyqu haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ko'ra, uyqu faqat dam olish emas, balki kun bo'yi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir. Odam asta-sekin uxlaganda nafas olish va yurak ritmi pasayadi, ko'z sekin yumula boshlaydi. Tez uxlab qolganda esa bu harakatlar, odatda, tezlashadi. Asta-sekin uxlab qolish tungi uyquning 75-80%ni, tez uyquga ketish esa 20- 25%ini tashkil etadi. Tez va sekin uxlab qolishning navbatlanishi, odatda, sog'lom odamlar uchun xosdir va bunda odam o'zini uyquga qongan hamda bardam his etadi. Tez va sekin uxlash muddatining o'zgarishi, sekin uxlashning etarli darajada chuqur bo'lmasligi, tez uxlash davrida tez-tez uyg'onib turish odam nerv sistemasining turli buzilishlariga olib keladi, uning ruxiy va emosional holatiga ta'sir ko'rsatadi. Normal (fiziologik) uyquning davriy kecha-kunduzlik va davriy faslli (hayvonlarning yozgi va kishki uyqusi) turlari va bir necha xil patologik (narkotik, letargik va boshqalar), shuningdek, maxsus ta'sirlar oqibatida yuzaga keladigan gipnotik uyqu farq qilinadi. Uyquning ko'pincha kuzatiladigan buzilishlariga uyquchanlik (gipersomniya) va uyqusizlik kiradi. Bu bayram yana bir bora o'z uyqumizga, demak salomatligimizga e'tiborli bo'lishimizga undaydi. Yoqimli, sog'lom, to'la qimmatga ega bo'lgan tushlar tilaymiz! Qiziqarli ma'lumot, Finlyandiyada iyul oyida Uyquchilar kuni bayrami nishonlanadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan