SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
O’zbekiston xalq hofizi Erkayev Alijon tavallud topgan kun
1933-10-10

Erkayev Alijon (1933.10.10, Oltiariq tumani) — O’zbekiston xalq hofizi (2003). Toshkent chet tillar institutini tugatgan (1956). Falsafa fanlari nomzodi (1969). Farg’ona pedagogika instituti (1957—60). Toshkent pedagogika instituti (1969—72)da o’qituvchi, Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974 yildan), professor (2004). Xonandalik san'ati sirlarini J.Sultonovdan o’zlashtirgan. Yoshligidan havaskor musiqa tugaraklari qatnashchisi bo’lib, 1961 yildan radio va televidenieda xonanda sifatida faoliyat ko’rsatadi. Shirali ovoz sohibi. Erkayev Farg’ona—Toshkent musiqa an’analariga tayanib, xalqchil ijro yo’llarini qo’llaydi. Repertuaridan Farg’ona— Toshkent maqom yo’llari (“Ushshoq”, “Dugoh”, “Chapandozi Gulyor”, “Bayot” va boshqalar), mumtoz ashulalar (“Girya”, “Farg’ona tong otguncha”, “Aylansin” va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari (“G’azalim”, N.Hasanov; “Dilbarim”, T.Hasanov; “Mubtalo qilib”, R.Tursunov va boshqalar) o’rin olgan. Ijrolari O’zbekiston radiosi fonotekasi, 2 gramplastinka (“Alijon Erkayev kuylaydi”, 1969, 1976)ga yozilgan. Erkayev Ogahiy, Atoiy, Habibiy. J.Jabbor she'rlariga ashulalar bastalagan (“Farg’ona”, “Mening tilagim”, “Bulbul” va boshqalar).

  Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan