SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi
1992-01-13

1992 yil 13 yanvar – Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi millatlararo munosabatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining totuvligi va hamkorligini ta’minlash, ularning o‘ziga xos madaniyatlari va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat organlariga va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashuvchi mustaqil muassasa hisoblanadi.

Mazkur markazning asosiy vazifasi  millatlararo totuvlik prinsiplari qaror topishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash va rivojlantirish; madaniyat markazlariga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; jamoat tashkilotlariga millatlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish;millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, metodik yordam ko‘rsatish, konferensiyalar, seminarlar va «davra suhbatlari» tashkil etish; har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirishga, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan teleradio ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tayyorlashda, kitoblar, risolalar, ma’lumotnomalar, prospektlar, bukletlar va bosma mahsulotlarning boshqa turlarini tayyorlashda qatnashishdan iborat.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi tomonidan milliy- madaniy markazlar uchun yo‘riqnomalar, 10 dan ziyod ilmiy risola va to‘plamlar, shuningdek, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” nomli kitob albom (2004) va “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” to‘plami chop etildi(2008).

Toshkent shahrida 14 ta respublika va 23 ta shahar milliy madaniy markazlari faoliyat olib boradi(2008). 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan