SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  1234
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
Tarbiyashunos olima Oysha To’rayeva tavallud topgan kun
1927-10-23

Tarbiyashunos olima Oysha To’rayeva 1927 yil 23 oktyabrda Toshkent shahrining Hazrat Imom machiti yaqinidagi Parchavob mahallasida dunyoga keldi. Qizaloq juda erta onasidan yetim qoldi. U 8 yoshida mahallasidagi 23 maktabga bordi.1943 yili 8 sinfni tugatib, u katta opasi, shifokor Sharifaxon bilan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga ko’chib ketishadi. 1944-46 yillari Oyshaxon Termiz pedagogika bilim yurtida o’qib, uni imtiyozli diplom bilan tugatadi va shahardagi “Pravda” nomli maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 1947-1951 yillari u Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetida o’qidi. Oysha To’rayeva 1951-54 yillarda Leningrad shahridagi Gertsen nomli pedagogika instituti asperanturasida tahsil ko’rdi. 1960-66 yillarda Oysha To’rayeva pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishlab, ta’lim-tarbiya ishlarini o’zining tashkilotchilik faoliyati bilan birga qo’shib olib bordi. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasining mudiri (1973-85). Oysha To’rayeva o’zining uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida har tomonlama chuqur bilimga ega bo’lib, ilmiy izlanishlar olib bordi. Tarbiyashunoslik, pedagogik mahorat, xalq pedagogikasi, milliy tarbiya, axloq-odob masalalarini targ’ib qilib, ko’plab risolalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratdi. Uning qalamiga mansub nashr etilgan asarlari orasida “Oila pedagogikasi”, “O’qituvchi mutaxassisligiga kirish”, “Oilada bola tarbiyasi”, “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Oila etikasi va psixologiyasi”, oliy o’quv yurtlari talabalari uchun “Pedagogika” o’quv qo’llanmasi, o’rta maktablarning V, VI, VII, VIII sinflari uchun “Odobnoma” dastur va darsliklari, gazeta va jurnallar sahifalarida tez-tez chop etilib turilayotgan ilmiy, ommabop maqolalari, uni tarbiyashunos olima sifatida butun respublikamizga va chet davlatlarga ham tanitdi.

Ma’lumot: O’zbek pedagogikasi antologiyasi. “O’qituvchi” T.1999.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan