SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
202122232425
262728293031 
Qirrali stakan ixtiro qilingan kun
1943-09-11

Qirrali stakan universal idish hisoblanib, turli ichimlik uchun mos keladi. Qirrali stakan kuni haqiqatdan ham tarixda bor. Uning tug'ilgan kuni 11 sentyabr bo'ladi. Bunga isbot sifatida Gus-Xrustal’ shisha zavodida 1943 yilda birinchi qirrali stakanni chiqarishini aytish mumkin. “Ishchi va kolxozchi” monumental kompozitsiyaning muallifi Vera Muxina qirrali stakan dizaynini ishlab chiqqan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra Vera Ignat’evna yaratgan stakan idishi ( formasi) umumiy ovqatlanish joylarida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ushbu stakanlar pishiq ishlanganligi bilan birga idish yuvadigan mashinalarda yuvish uchun ham qulay hisoblangan. Shu sababli stakan uzoq vaqt oshxonalarda, temir yo'l transportlarida, gazli suv – sotiladigan ko'cha avtomatlarida xizmat qilgan. Qirrali stakanning standart o'lchami – diametr bo'yicha 65 millimetr va balandligi bo'yicha 90 millimetrdan iborat. Eng birinchi stakan 16 qirrali bo'lib, hozirgi kunda klassik janr hisoblangan. 12 , 14 , 18 va 20 qirrali stakanlar ham uchraydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan