SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Alisher Navoiy asarlarining 10 jildligi G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashr etilgan kun
2011-09-22

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu-sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

                                                                                                                             Islom Karimov.

Dunyoda shunday ulug’ zotlar, shoir va mutafakkirlar borki, ularning ulkan qalb, teran tafakkur, beqiyos iste’dod va mahorat, tengsiz jasorat bilan yaratilgan asarlarining ahamiyati yillar, asrlar o’tgan sayin ortib, umumbashariyat mulkiga aylanib boradi. Muqaddas diyorimiz zaminidan yetishib chiqqan o’nlab aziz avliyolar, ulug’ alloma va shoirlar, davlat arboblari va sarkardalarning har biri o’z faoliyati, betakror merosi bilan milliy va umuminsoniy mezonlar silsilasida hech mubolag’asiz noyob hodisa- fenomen hisoblanadi. Ayni vaqtda bu Benazir zotlar o’rtasida, guyoki yulduzlar anjumanidagi quyoshdek, yaqqol ajralib turadigan shunday bir buyuk siymo borki, u-milliy she’riyatimiz, adabiyotimiz dahosi Mir Alisher Navoiydir. Buyuk mutafakkir shoirimizning 10 jildlik asarlari aynan mamlakatimiz mustaqilligining 20 yillik bayrami arafasida, u zotning sha’nu shavkati va ijodiy maqomiga g’oyat munosib tarzda yuksak matbaa sifati bilan nashr etilgani o’ziga xos ramziy ma’noga ega. Chunki Alisher Navoiy tarix sinovlaridan o’tgan o’lmas ijodi bilan bizni go’zal va betakror diyorimizdagi tinch-osoyishta, erkin va farovon hayotni asrab-avaylab, uning qadriga yetib, doimo xalqimiz, Vatanimizga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan, bunyodkorlik ruhiga oshno bo’lib, o’zimizdan yaxshi nom, ezgu xotira qoldirib yashashga da’vat etadi.

Ma’lumot: Alisher Navoiy. G’afur G’ulom. T.2011


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan