SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumani tashkil topgan kun
1926-09-29

Boysun tumani. Surxondaryo viloyatining g’arbiy qismida joylashgan. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965 yil 29 dekabrda qayta tuzildi). Maydoni 3,72 ming km2. Aholisi 86,6 ming kishi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojiklar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o’rtacha 23,3 kishi to’g’ri keladi. Tumanda 1 shahar (Boysun) va 7 qishloq fuqarolari yig’ini bor. Markazi - Boysun shahri. Tuman hududining shimoliy va g’arbiy chegarasini Boysuntog’ va uning tarmoqlari egallagan. Janubi va sharqi tog’ oldi va adirlardan iborat. Iqlimi quruq subtropik iqlim. O’zbekistonning boshqa tog’li tumanlaridan issiqlik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Tuman tog’laridan juda ko’p daryo va soylar boshlanadi. Sheroboddaryo va uning irmoqlari, Machaydaryo, Sho’rob, Xo’jabulgansoy, Panjob, Laylagansoy, Xo’jaipok daryosi va uning irmoqlari, Hangaronsoy, Pulihakimsoy va boshqalar bor. Foydali qazilmalardan ko’mir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntog’), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqalar topilgan. Asosiy sanoat korxonalari: “Ishonch” aksiyadorlik jamiyati. Boysun (To’da) ko’mir koni, xalq iste'mol mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. Karbid ishlab chiquvchi korxona bor. Avtokorxona, qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari chorvachilik, don, o’rmon xo’jaliklari, beda urug’chiligi, bog’dorchilik va tokchilikdir. Asalarichilik bilan shug’ullaniladi. Ko’p yillik daraxtzorlar, archazorlar bor. Ekinzorlarga don, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va xususiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda, yilqi boqiladi. 54 - umumiy ta'lim maktabi, 2 kasb-hunar texnika litseyi, kasb-hunar maktabi va boshqa o’quv muassasalari faoliyat ko’rsatadi. 83 - jamoat kutubxonasi, 11 klub muassasasi, madaniyat uyi, muzey bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 4 kasalxona, “Omonxona” shifo maskani, 5 ambulatoriy, 30 feldsher-akusherlik, 3 qishloq vrachlik punktlari aholiga xizmat ko’rsatadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan