
Denov
tumani. Surxondaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. 1926 yil
29 sentyabrda tashkil etilgan. Maydoni 0,75 ming km2. Aholisi
289,1 ming kishi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa
millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o’rtacha 385,5 kishi to’g’ri
keladi (2005). Tumanda 1 shahar (Denov), 1 shaharcha (Do’stlik), 18 qishloq
fuqarolari yig’ini bor. Markazi - Denov shahri. Tumanning shimol, janubi va
markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotog’, g’arbda Boysuntog’
tizmalari bilan o’ralgan. Hududidan Surxondaryo, To’polondaryo, Sangardak, Qizilsuv
daryolari, hazorbog’, Oybarak kanallari, Dayto’lak, Denov ariqlari oqib o’tadi.
Yer osti suvlariga boy bo’lganligi uchun artezian suvlaridan keng
foydalaniladi. Sanoat korxonalari asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta
ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog’ ekstraksiya, konserva, sut, ta’mirlash-mexanika,
g’isht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, qandolatchilik
fabrikalari, jami 38 sanoat korxonasi, 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bog’dorchilik, tokchilik,
limon yetishtirish. Tog’ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bug’doy va
arpa) bilan shug’ullaniladi. Ekin maydonlariga paxta, g’alla ekiladi. Yaylovlarda
qoramol, qo’y (hisor qo’ylari) boqiladi. Dehqon, fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi.
Shreder nomidagi bog’dorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining
tajriba stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy labaratoriyada
tabiatning 900 dan ziyod o’simligi, mevali o’simliklar (jumladan, Yaponiyadan keltirilgan
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006.